davomatim×yasadik.Demo
HR platforma · oylik obuna

Davomat, oylik va jarima — adolatli va avtomatik.

Xodim telefondan keldi-ketdi qiladi — lokatsiya va Face ID bilan. Oylik, avans, jarima va reyting esa o'zi hisoblanadi.

Lokatsiya + Face IDQo'shimcha qurilma shart emas
Bugun · 12-oktabrNamuna
Keldi38/42
Kechikdi3
Kelmadi1
08:51O'z vaqtida
09:1717 daq kechikdi
08:43O'z vaqtida
Oktabr oyligi · xodim4 738 462 so'm
+ bonus− jarima− avans

Keldi-ketdi — faqat smartfon orqali

Turniket, terminal yoki boshqa qurilma sotib olish shart emas. Xodim o'z telefonidan belgilaydi, tizim esa u haqiqatan ish joyida ekanini tekshiradi.

Lokatsiya bo'yicha"Keldim" tugmasi faqat ish joyi hududida ishlaydi.
Face ID bilan tasdiqIsh joyiga kelganda Face ID ochiladi — boshqa odam o'rniga belgilab bo'lmaydi.
Uydan "keldim" qilib bo'lmaydiHududdan tashqarida belgilash yopiq — aldov va "do'stona belgilash" yo'q.
Telefonning o'zi yetarliQo'shimcha uskuna va o'rnatish xarajati yo'q.
Xayrli tong!08:52
Ofis hududi
Siz ish joyidasiz
Face ID bilan tasdiqlang
Keldim
Mening oynamOktabr
Ishlagan vaqt186 soat
Reyting3-o'rin
Hisoblangan5 538 462
Bonus+300 000
Jarima−100 000
Avans−1 000 000
Qo'lga4 738 462 so'm
Javob so'rash
Rahbarga xabarJavob so'rovi
Bugun, 15:00 – 17:00Sabab: shifokor qabuli
TasdiqlashRad etish

Har bir xodimning o'z oynasi

Xodim telefonida o'zi haqidagi hamma narsani ko'radi — rahbardan so'rab o'tirishi shart emas.

Ishlagan vaqtiMaoshiJarimalariAvanslariReytingi
Javob so'rash — bir tugma bilanXodim o'z oynasidan javob so'raydi, rahbarga darhol tasdiqlash xabari keladi.

Bitta dasturda butun HR

Davomatdan tortib oylik hisobigacha — hammasi bir joyda, har bir xodim uchun ochiq va tushunarli.

Davomat nazorati

Kim qachon keldi, qachon ketdi, qancha kechikdi — smartfondan, lokatsiya va Face ID bilan qayd etiladi.

Avtomatik oylik

Ishlangan kun va soatga qarab maosh o'zi hisoblanadi. Buxgalterga Excel kerak emas.

Xodimlar reytingi

Intizomli xodimlar yuqorida ko'rinadi — rag'batlantirish uchun aniq asos.

Avanslar

Berilgan avans yoziladi va oy oxirida maoshdan o'zi ayriladi.

Jarima va bonus

Qoidalarni bir marta belgilaysiz — hamma uchun bir xil, adolatli qo'llanadi.

Telegram hisobotlar

Kunlik davomat va oylik xulosa rahbarga to'g'ridan-to'g'ri Telegram'da keladi.

Adolatli hisob — tortishuvsiz

Har bir xodim o'z oyligi qanday hisoblanganini ko'radi: nechta kun ishladi, qancha bonus oldi, qanday jarima va avans ayirildi. Hammasi ochiq — shuning uchun savol va norozilik kamayadi.

Oylik hisobiMisol
Stavka6 000 000 so'm
Ishlangan kun24 / 26 kun
Hisoblangan5 538 462 so'm
Bonus (reyting)+ 300 000 so'm
Jarima (kechikish)− 100 000 so'm
Avans− 1 000 000 so'm
Qo'lga beriladi4 738 462 so'm

Uch qadamda ishga tushadi

01

Ulaymiz

Xodimlar ro'yxati, ish jadvali, stavkalar va jarima qoidalarini birga kiritamiz.

02

Xodimlar belgilanadi

Xodimlar ish joyida telefondan Face ID bilan belgilanadi, siz esa jarayonni real vaqtda ko'rasiz.

03

Oy oxirida hisob tayyor

Oylik, avans, jarima va bonuslar hisoblangan holda — faqat tasdiqlaysiz.

Tariflar

Oylik obuna. Xodimlar soni cheklanmagan — tarifni istalgan payt almashtirish mumkin.

BiznesKo'pchilik tanlaydi
399 000so'm / oy

Davomat va oylikni to'liq avtomatlashtirish — rahbar uchun AI yordamchi bilan.

Cheksiz xodimlarOylik maoshni avtomatik hisoblashJarima, avans va bonuslarKechikish uchun avtomatik jarimaFace ID va lokatsiya bo'yicha aniqlashHikvision integratsiyasiRahbar uchun AI agent — u bilan suhbatlashasiz: oylik, davomat va xodimlar bo'yicha tahlil qilib, taklif beradi
Biznes'ni tanlash
ProDavomatim + Kassam
799 000so'm / oy

Xodimlar va moliya bitta tizimda — AI shaxsiy moliyachi bilan.

Biznes tarifidagi hamma imkoniyatlarKassam ilovasi — shu narx ichida, Davomatim bilan integratsiya qilib beriladiAI agent — shaxsiy moliyachi — Davomatim va Kassam ma'lumotlarini tahlil qilib, sizni jarayondan doim xabardor qilib turadi
Pro'ni tanlash
davomatim×yasadik.

Hisob-kitobni dasturga topshiring

Davomatim — yasadik. jamoasi bilan hamkorlikda yaratilgan. Yozing yoki qo'ng'iroq qiling — biznesingizga mos tarifni birga tanlaymiz va tizimni ulab beramiz.

Demo so'rash Telegram@yasadik.uz Instagram